Doktorantura to‘g‘risida

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Davlat Siyosati Va Boshqaruvi Akademiyasi 2025 Yil Uchun Oliy О‘quv Yurtidan Keyingi Ta’lim Instituti Uchun Quyidagi Ixtisosliklar Bо‘yicha Qabul E’lon Qiladi

Tayanch Doktorantura (ishlab chiqarishdan ajralgan holda о‘qish uchun):
08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit – 2 о‘rin;
08.00.13 – Menejment – 2 о‘rin;
12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi – 2 о‘rin;
22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar usullari – 2 о‘rin;
22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi – 2 о‘rin;
22.00.03 – Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi– 2 о‘rin
23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar – 1 о‘rin.

Talab qilinadigan hujjatlar:
- ariza
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati va ularning nusxalari;
- ilmiy rahbar (maslahatchi) ning yozma roziligi;
- pasport nusxasi;
- til bо‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturada о‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili bо‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Doktorantura (ishlab chiqarishdan ajralgan holda о‘qish uchun):
08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit – 1 о‘rin;
08.00.13 – Menejment – 2 о‘rin;
12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi – 1 о‘rin;
22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar usullari – 1 о‘rin;
22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi– 1 о‘rin;

Talab qilinadigan hujjatlar:
- ariza
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati va ularning nusxalari;
- ilmiy rahbar (maslahatchi) ning yozma roziligi;
- pasport nusxasi;
- til bо‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat.

Doktoranturada о‘qish uchun talabgorlar ixtisoslik bо‘yicha suhbatdan о‘tadilar.

Eslatma:
Hujjatlar 2024 yil 15 sentabrdan 15 oktabrgacha qabul qilinadi. Talabgorlar О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining veb sayti (http://phd.mininnovation.uz) rо‘yxatidan о‘tadi va barcha hujjatlar elektron (PDF) tarzda yuklatiladi.