Magistratura to‘g‘risida
Kadrlarni qayta tayyorlash belgilangan davlat talablari asosida olti oygacha davom
etadigan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash kursi
tinglovchilariga belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Akademiya kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari,
xo‘jalik boshqaruvi organlari, biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etadi.
Qayta tayyorlash ta’lim dasturlari:
- Tashabbuskor ayollarning rahbarlik kо‘nikmalarini rivojlantirish
va
ularni davlat
xizmatiga tayyorlash uchun - "Rahbar ayollar" dasturi;
- Istiqbolli yoshlarni davlat xizmatiga jalb etish hamda yosh davlat
xizmatchilarining
yetakchilik va boshqaruvchilik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun - "Kelajak
liderlari" dasturi;
- Davlat organlari va tashkilotlarining rahbar va boshqaruv kadrlari hamda mazkur
lavozimlarga nomzodlar uchun - "Tizimli tahil, strategik rejalashtirish va maqsadli
kо‘rsatkichlarga erishish" dasturi;
- Hokimlar va ularning о‘rinbosarlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun
"Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb
etish" dasturi;
- Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosatiga mas’ul tarkibiy tuzilma
rahbarlari uchun - "Kadrlar zaxirasini shakllantirish va inson resurslarini
rivojlantirish" dasturi.